Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti

STANSIYANING ILMIY HAMKORLIGI

Stansiyaning ilmiy hamkorligi: Stansiya, Toshkent Davlat Agrar universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti bilan malakali kadrlar tayyorlash hamda IKARDA va SIMMIT xalqaro ilmiy markazlari hamda Krasnodar qishloq xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot stansiyasi, Qozog‘istonning Krasnovodopad qishloq xo‘jaligi ilmiy-tajriba stansiyasi, Qozog‘iston o‘simlikshunoslik va dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ilmiy hamkorlik qilib kelmoqda.

Tajriba stansiyasi tarkibi:

Baxmal eksperimental uchastkasi ilmiy tajriba stansiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi..

Eksperimental uchastkasi aloxida yuridik shaxs hisoblanib, o‘z faoliyatini ilmiy tajriba stansiyasi tomonidan belgilangan g‘allachilik tarmog‘i majmuida ilmiy- amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, g‘alla, dukkakli don, moyli va yem xashak ekinlarining yangi navlarini ekologik nav sinovlarini o‘tkazish va ularni birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish faoliyati tasdiqlangan ish rejasi asosida amalga oshiradi.

Eksperimental uchastkasi ustavi tajriba stansiyasi direktori tomonidan tasdiqlanib, belgilangan tartibda tegishli mahalliy hokimiyat organlarida ro‘yxatga olingan kundan boshlab yuridik kuchga ega bo‘ladi.

Eksperimental uchastkasi o‘z faoliyatini qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning yillik va istiqbolli rejalari asosida amalga oshiradi.

Tajriba stansiyasi eksperimental uchastkasining barcha tashkiliy xo‘jalik faoliyatini nazorat qilib boradi, moliyaviy hisobotlar, istiqbolli rejalari muvofiqlashtirilib Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutiga taqdim etib boradi. Tajriba stansiyasi direktori o‘z vakolati doirasida ushbu eksperimental uchastkaning shtat jadvalini, xarajatlar smetasi va moliyaviy natijalarini ko‘rib chiqib, tasdiqlaydi.

Eksperimental uchastka rahbarligini direktor amalga oshiradi. Eksperimental uchastka direktori va bosh hisobchisini Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti bilan kelishgan holda tajriba stansiyasi direktori tomonidan tayinlanadi.

Stansiya kutubxonasining faoliyati

Bugungi kunda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasi kutubxonasida 30 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi sohasidagi seleksiya, urug‘chilik, o‘simlikshunoslik, dehqonchilik, agrokimyo, tuproqshunoslik, o‘simliklarni himoya qilish, fitopotoliya, entomologiya, genetika va boshqa turdagi ilmiy adabiyotlar mavjud. Bundan tashqari stansiya faoliyati davomida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha chop etilgan ilmiy to‘plam, tavsiya, qo‘llanma, monografiya, dissertatsiya va badiiy adabiyotlar kutubxona fondini tashkil etadi.