LALMIKOR DEHQONCHILIK ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI TOMONIDAN BAJARILISHI 2018-2020 YILLARGA MO'LJALLANGAN DAVLAT ILMIY-TEXNIK DASTURLARI

Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida davlat ilmiy-texnik doirasida 3 ta amaliy va 2 ta innovatsiya loyihalari ustida ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

Ilmiy-tajriba stantsiyada loyihalar bo'yicha 2018-2019 yillarda Respublika anjumanlarida 18 ta, maxalliy jurnallarda 29 ta, xorijiy konferentsiyalarda 12 ta, xorijiy jurnallarda 9 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.d., k.i.x., R.E.Siddiqov.

Olib borilgan tadqiqotlarda yumshoq va qattiq bug'doyning 362 ta nav namunalari, yumshoq bug'doyning G'1-G'5 duragay tizmalarida 472 ta, selektsiya pitomnigida 150 ta tizmalari, nazarat pitomnigida 130 ta tizma, raqobat nav sinovida yumshoq bug'doyning 21 ta, qattiq bug'doyning 15 ta nav va tizmalari tajribalarda o'rganilgan.

O'rganilgan yumshoq bug'doy nav namuna va tizmalaridan qimmatli xo'jalik belgi va xususiyatlari bo'yicha andoza Zamin-1 (59,2 s/ga) va Bezostaya-1 ( 56,2 s/ga) navlariga nisbatan №9809 (65,5 s/ga), №9812 (71,0 s/ga), №9816 (72,5 s/ga), №9819 (66,0 s/ga), №9824 (62,5 s/ga), №9828 (59,5), №9831 (62,5 s/ga), №9836 (64,5 s/ga) nav namunalari 0,3-13,3 s/ga yuqori hosil berish bilan birga zang kasaliklariga chidamli boshlang'ich manba sifatida tanlab olingan.

Qattiq bug'doy nav namuna va tizmalaridan qimmatli xo'jalik belgi va xususiyatlari bo'yicha andoza Makuz-3 (52,4 s/ga) naviga nisbatan. Manl 3, Ossl-1, Mrb 5, Younes nav namunalari 10,7-14,9 s/ga yuqori hosil berishi bilan birga zang kasaliklariga bardoshli boshlang'ich manba sifatida ajratib olingan. Selektsiya tajriba maydonidan yumshoq bug'doyning qimmatli belgi va xususiyatlarga ega bo'lgan 15 ta tizma nazorat pitomnigiga o'tkazilgan. Nazorat tajriba maydonida andoza Zamin-1 naviga nisbatan 12 ta tizma 3-6 kun ertapishar va issiqlikka, kasallikga chidamli tizma deb topilgan. Nazorat tajriba maydonida ikki yillik tadqiqot natijalariga asosan 32/2019 (47/2018), 34/2019 (52/2018), 46/2019(71/2018), 47/2019 (72/2018), 52/2019 (91/2018) va 70/2019 (129/18) tizmalar hosilli, kasallikka chidamligi, yuqori mahsuldor va qimmatbaho belgi xususiyatga ega bo'lgan va 2020 yil hosili uchun raqobat nav sinoviga 32/2019 (47/2018), 34/2019 (52/2018), tizmalari o'tkazilgan.

Raqobatli nav sinash tajriba maydonida tahlil natijalariga asosan №183/2017 (62,0 s/ga), KP№ 85/2017 (59,9 s/ga), KP 184/2017 (60,0 s/ga) tizmalari bashqa nav va tizmalarga nisbatan qurg'oqchilikka, issiqlikka, zang kasalliklariga chidamli va hosildorligi yuqoriligi bo'yicha tanlab olingan. Qattiq bug'doyning raqobatli nav sinash tajriba maydonida ikki yillik tadqiqot natijalariga asosan №2012/7, Mikki-3 nav va tizmalari ertapishar, issiqlikka va zang kasalliklariga chidamli, andoza navga nisbatan yuqori hosildorligi bo'yicha selektsiya jarayonida foydalanish uchun ajratib olingan.

Loyiha bo'yicha 2019 yilda targ'ibot ishlari: Loyihada olingan tadqiqot natijalariga ko'ra jami 7 ta ilmiy maqola chop etildi. Shundan O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnalida 1 ta, Agrarnaya nauka (Rossiya) jurnalida 1 ta, AGRO ILM jurnalida 3 ta maqola, anjuman to'plamlarida 2 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi. Loyiha rahbari: q.f.n. k.i.x., K.T.Isakov.

Loyiha doirasida dala tajribalarining nav namunalari pitomnigida no'xatning 2019 yilda o'rganilgan 399 ta nav namunalaridan ertapisharlik guruhiga mansub 3 ta, o'simlik bo'yi o'rta bo'lgan 14 ta, yuqori hosilli 12 ta nav namunalari tanlab olindi. Bu pitomnikda bedaning andoza Aridnaya naviga nisbatan shoxlanishi yuqori bo'lgan 954, 3009, 3128, ko'k massa va urug' hosili yuqori bo'lgan 1205, 3009, 1204 tizmalar ajratib olindi. Tritikalening andoza Farxod naviga nisbatan erta boshoqlagan 6 ta (403/16, 430/43, 91/4, 97/10, 670/17.), o'simlik bo'yi balandligi bo'yicha 7 ta ( 757/104, 707/54, 439/52, 461/74, 421/35..) hamda yuqori hosilli 24 ta ( 757/104, 707/54, 90/3, 432/45, 687/34...) nav namunalari tanlab olindi. Ko'k no'xatning ikki yillik natijalarga ko'ra, andoza Vostok-84 navidan ertapishar bo'lgan Vostok-55, O'zbekiston-2011 navlari, o'simlikning baland bo'yligi bo'yicha Usatiy-86, Zernoukosniy, Jasur-98, O'zbekiston-2011 navlari (3,3-10,0 sm baland), yotib qolishga va donining to'kilib ketishga chidamligi jihatidan Aksoy Usatiy, Jasur-98, Osiyo-2011 navlari va 201401, 201402-tizmalari hamda don hosildorligi jihatidan O'zbekiston-2011 navi, 201401, 201402-tizmalari ajratib olindi. Duragaylar pitomnigida no'xatning mahalliy va tanlab olingan nav namunalar o'rtasida 50 ta kombinatsiyada chatishtirish ishlari o'tkazildi, F2 duragaylar pitomnigida ota-ona shakllariga nisbatan ertapisharligi bo'yicha 22 ta, don yirikligi bo'yicha 15 ta, mahsuldorligi yuqoriligi bo'yicha 27 ta duragaylar kelgusi yil F3 duragaylar pitomnigiga ekish uchun ajratib olindi. 1-yil selektsiya pitomnigida no'xatning andoza Yulduz navidan 3-5 kun to'liq o'suv davri erta bo'lgan 18 ta (2019/177, 2019/168, 18450, 18154, 18325...) o'simlik bo'yi balandligi bo'yicha 15 ta, doni yirik bo'lgan 19 ta hamda yuqori hosildorlikka ega 16 ta nav namunalari aniqlandi. 2-yil selektsiya pitomnigida o'rganilgan no'xatning 111 ta nav namunalaridan 4-5 kun ertapishar bo'lgan 6 ta (18286, 18370, 18198, 17559..), o'simlik bo'yi balandligi bo'yicha 12 ta (18475, 18115, 17446, 18542, 17205, 18485..), doni yirikligi bo'yicha 15 ta va yuqori hosilli 12 ta (17576, 17559, 18129, 18266, 18589, 17267, 18115...) nav namunalari tanlab olindi. Shu pitomnikda bedaning shoxlanishi, ko'k poya, urug'i yuqori hosilli 10 ta (2006/2, 2006/4, 2006/6...), tritikalening erta boshoqlagan 59/2011, 68/2011, yuqori hosilli 84/2011, 87/2011, 65/2011 tizmalari qimmatli xo'jalik belgilari jihatidan ajratib olindi. Nazorat nav sinash maydonida ikki yillik natijalarga ko'ra, no'xatning andoza naviga nisbatan ertapishar (17443, 18328...), don hosildorligi yuqori bo'lgan 18255, 18142, 18577, 17128, 18590 tizmalar, bedaning shoxlanishi va ko'k poya hosili yuqori bo'lgan 2007/8, 2002, 4444-tizmalar, tritikaleda 27/2011 1,9 s, P44 V45- 3,2 s, 87/2011 tizmalar qimmatli xo'jalik belgilari jihatidan andoza navdan yuqoriligi aniqlandi.

Raqobatli nav sinash maydonida olib borilgan ikki yillik tadqiqot natijalaridan ma'lum bo'ldiki, andoza navdan ertapisharligi bo'yicha no'xatning Lazzat, Javlon, Chaqir, 17553, 1000 dona don vazni yuqoriligi jihatidan M-74, Zuhal, Guliston, don hosildorligi bo'yicha Iftixor (1,0 s), Zuhal navi (1,1 s), 17358 (1,4 s) nav va tizmalar andoza navdan yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldilar. Bedaning 503, 504, 606, 63/25, 2003/5 tizmalari, tritikalening Do'stlik-4 navi, P61 V49, P14 V34 tizmalari qimmatli xo'jalik belgilari bo'yicha ajratib olindi.

Lalmikor yerlarda ekish uchun tavsiya etilgan no'xatning Yulduz, Jahongir, Iroda-96, ko'k no'xat Vostok-84, bedaning Boygul, Aridnaya, tritikalening Sardor, Do'stlik-4 navlarining birlamchi urug'chiligi to'liq tizimda olib borildi.

Loyiha bo'yicha 2019 yilda targ'ibot ishlari: Loyihaning tadqiqot natijalari bo'yicha jami 11 ta maqola chop etildi. Shundan, O'zbekiston qishloq xo'jaligi va AGRO ILM jurnallarida 5 ta hamda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida o'tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy anjuman to'plamida 1 ta, Andijon DDEITI da tashkil etilgan halqaro ilmiy-amaliy anjumani to'plamida 5 ta ilmiy maqolalar chop ettirildi.